05:33 / 08.05.2015
2137

Dehli va Tehron Eronda Chabaxor portini o‘zlashtirish haqida memorandum imzoladi

Hindiston va Pokiston Hindistonning Eron janubi-sharqidagi Chabaxor portini o‘zlashtirishdagi ishtiroki haqida o‘zaro hamjihatlik memorandumini imzoladi

Ushbu hujjat Hindiston transport vaziri Nitin Gadkari va Eron transport va shahar rivojlanishi vaziri Abbos Ahmad Oxundiy tomonidan imzolandi. 

“Memorandum imzolanishi bilan Hindiston va Pokiston tijorat kompaniyalari Hindiston kompaniyalari Chabaxor portidagi ikkita mavjud prichalni ijara olib, ulardan ko‘p maqsadli va konteyner yuk terminallari sifatida foydalanishga ruxsat beradigan tijoriy shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlashlari mumkin bo‘ladi”, deyilmoqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bergan xabarda.

Eron va Hindiston 2003 yilda Pokiston chegarasi yaqinida, Ummon ko‘rfazida joylashgan Chabaxor portini rivojlantirishga kelishib olgandi. Biroq Eronga nisbatan kiritilgan sanksiyalar tufayli reja amalga oshmagan. Shu orada, o‘tgan yilning 30 iyun kuni Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvning imzolanishi oldidan Hindiston Eron bilan turli sohalarda, jumladan energetika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni boshladi. 

Hindiston TIV bergan xabarda ta'kidlanishicha, Chabaxor portida yuk terminalining bo‘lishi chegaralari nisbatan uncha uzoq bo‘lmagan Afg‘onistonni dengiz portiga alternativ chiqish yo‘li bilan ta'minlaydi va uning mintaqaviy va jahon bozoriga jalb qilinganligini sezilarli darajada oshiradi.

Top