13:35 / 08.05.2015
1535

Depay "MYu"ga o‘tish uchun "PSJ"ning moliyaviy jihatdan qulayroq taklifini rad qilgan

Keyingi mavsumda "Manchester Yunayted" jamoasi safida o‘ynashi e'lon qilingan "PSV" futbolchisi Memfis Depay Angliyada o‘ynash uchun Fransiyaning "PSJ" jamoasi tomonidan bildirilgan, ko‘proq maosh to‘lash nazarda tutilgan taklifni qabul qilmagani ma'lum bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, gollandiyalik bu futbolchiga eng ko‘p darajada qiziqqan jamoa "PSJ" bo‘lgan va "MYu" bu borada ikkinchi o‘rinda turgan. Vaziyat shu darajada bo‘lganki, "PSV" rahbariyati futbolchining keyingi mavsumda "PSJ"da o‘ynashini e'lon qilishga tayyor turishgan. Ammo Lui van Gal Depayga telefon qilganidan keyin barchasi o‘zgarib ketgan va futbolchi kamroq maosh olish evaziga bo‘lsada, "qizil iblislar" safida o‘ynashga qaror qilgan.

Top