18:57 / 08.05.2015
3369

Lukashenko Ukraina MDH dan chiqib ketishi dargumonligini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Ukraina MDH tarkibidan chiqib ketishi dargumon ekanligini, biroq umumiy byudjyetni moliyalashtirishni to‘xtatishi sababli o‘zining tashkilotdagi ishtirokini de-fakto yakunlamoqda, deb aytmoqda Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.   

“Ayni paytda Ukraina o‘zining MDHdagi faoliyatini yakunlamoqda, umumiy byudjyetni moliyalashtirmayapti. Ukraina bu byudjyetni to‘lg‘azish bo‘yicha Rossiyadan keyin ikkinchi raqamli davlat edi”, deb aytdi Lukashenko.

Lukashenko bunday bayonot bilan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida chiqdi.

MDH davlatlarining keyingi sammiti 2015 yilning oktabrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 

Top