16:05 / 08.05.2015
1753

O‘zbekiston aviatsiyasi faxriylari olqishlandi

“Toshkent” xalqaro aeroportidagi Xotira yodgorligi 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, baynalmilalchi-jangchilar va O‘zbekiston aviatsiyasi rivojiga hissa qo‘shgan o‘z faxriylarini olqishladi.

Kontsert dasturidan iborat tadbirda aviakompaniya bo‘linmalarining iqtidorlari yoshlari, shuningdek, aviatsiya xodimlarining farzandlari chiqish qildi. Uchrashuv yakunida Xotira yodgorligi ostiga gulchambarlar qo‘yildi.

Top