18:38 / 08.05.2015
8905

Putin 20ga yaqin generalni o‘z lavozimidan ozod etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20 ga yaqin generalni o‘z lavozimidan ozod etdi. Bu haqda Putin imzolagan farmonda aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Kuban bo‘yicha giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish federal xizmati rahbari lavozimini egallagan, politsiya general-leytenanti Sergey Lavrov, Rossiya Ichki ishlar vazirligining OAVlar bilan aloqa qilish boshqarmasi boshlig‘i, ichki xizmat general-mayori Andrey Pilipchuk o‘z lavozimidan ozod etilgan. 

Shuningdek, Rossiya IIV ichki qo‘shinlar markaziy mintaqaviy qo‘mondonligi qo‘shinlari qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Vladimir Padalko harbiy xizmatdan bo‘shatilgan; politsiya general-mayori Jukovskiy Anatoliy Nikolayevich Komi Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Top