16:00 / 08.05.2015
1312

Rim aeroportining ishi yong‘indan keyin 50 foizga tiklandi

Rimdagi Fyumichino aeroporti faoliyati yong‘indan keyin 50 foizga tiklandi. Bu haqda aeroport operatori Enac Il Sole axborot agentligiga ma'lumot berdi.
Reyslarning aksariyat qismi 2 va 5-terminallardan uchmoqda.
Yong‘in 7 may kuni tunda 3-terminalda boshlangan. 400 kv. m maydon olov ichida qoldi, qator do‘kon va restoranlar zararlandi. Aeroportga bir necha million yevro zarar yetkazildi.

Top