17:14 / 08.05.2015
14273

Sayohat uchun eng yaxshi davlatlar aniqlandi

Jahon iqtisodiy forumi (JIF) ekspertlari tomonidan sayyohlik va sayohatlar sektoridagi raqobatbardoshlik reytingi tuzildi. Bu reytingning eng yuqori pog‘onasini o‘zining yaxshi infratuzilmasi, madaniy resurslarining yuqori darajasi va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlarga egaligi hisobiga Ispaniya egalladi.

Reytingning 2 va 3-o‘rinlarini mos ravishda Fransiya va Germaniya egallagan. Sayyohlik uchun eng yaxshi davlatlarning yuqori o‘ntaligida, shuningdek, AQSh, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Avstraliya, Italiya, Yaponiya va Kanada ham qayd etildi.

Top