10:09 / 08.05.2015
3467

Toshkentda zamonaviy yoshlar haqida film taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Shunqorlar” filmi ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Shunqorlar” filmida O‘zbekistonda navqiron avlodning sifatli ta'lim-tarbiya olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda buning samarasida o‘zbekistonlik yoshlar qo‘lga kiritayotgan yutuqlar haqida hikoya qilinadi.

Film ssenariysi muallifi Elmira Hasanova, rejissyor – Umid Hamdamov, operator – Umid Malikov. Asosiy rollarni Mahfuza Bobotillayeva, Behzod Hamroyev, Tohir Saidov singari taniqli aktyorlar bilan birga Sur'at Islomov, Nigina Anorboyeva, Fotih Nasimov, Shahnoza Abdumalikova kabi yoshlar ijro etgan.

Top