09:16 / 08.05.2015
2244

Turkiyalik talaba mushukni o‘ldirgani uchun uch yil qamoq jazosiga tortildi

Turkiya sudi 21 yoshli talabaga mushukni o‘ldirgani uchun uch yil ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.
Talaba mushukni qiynayotganini kameraga yozib olib, videoni internetga joylashtirgan. Videoda zo‘ravon mushukka pichoq bilan jarohat yetkazayotgani va boshiga urayotgani aks etgan.
“Men o‘z aybimni tan oldim. Men qilgan ishimdan afsusdaman”, deb aytdi ayblanuvchi.
Bunday holat AQShda yanvar boshida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda uy hayvonlariga shafqatsiz muomalada bo‘lgan erkak ikki yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. Guvohlarning aytishicha, erkak bu qilmishini mushuklardan bittasi uni tishlab olgani bilan tushuntirgan.

Top