07:00 / 09.05.2015
2138

Krishtianu Ronaldu Nepalda zarar ko‘rganlarga yordam tariqasida 7 mln yevro ajratdi

Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Nepaldagi zilzila oqibatida aziyat chekkan odamlarga yordam tariqasida 7 mln yevro ajratdi.
Mirror nashrining yozishicha, forvard ushbu mablag‘ni Nepalda faol ishlar olib borayotgan Save the Children tashkiloti hisobiga o‘tkazib bergan.
7.3 ming kishi Nepaldagi tabiiy ofat qurboniga aylandi. 7.9 magnitudali ushbu zilzila 25 aprel kuni ertalab sodir bo‘ldi.

Top