14:20 / 09.05.2015
6693

Merkel Moskvaga bormagani uchun tanqid ostiga olindi

So‘l partiya vakillari Germaniya kansleri Angela Merkelni Moskvada o‘tkazilgan tantanalarda ishtirok etishdan bosh tortgani uchun qattiq tanqid ostiga oldi.
Neues Deutschland gazetasida yozilishicha, partiya vakillari Merkel xonimni bu harakatlari bilan Rossiyana haqorat qilishda ayblagan.

“Bu bilan (paradga bormagani bilan) kansler Ikkinchi Jahon urushining asosiy qiyinchiliklarini o‘z yelkasiga olgan va eng katta yo‘qotishlarga uchragan mamlakatna haqorat qildi. Fashizm ustidan g‘alabani Ukraina inqiroziga bog‘lash noto‘g‘ridir. Bundan tashqari, Kiyevda Germaniyaning yordami bilan millatchi kollaboratsionistlarni osmonlarga ko‘taruvchi rejim hokimiyat tepasiga keldi”, - ta'kidladi bundestag deputati Sevim Dag‘delen.

Top