Rossiyaning Orenburg viloyatida 57 nafar o‘zbekistonlik noqonuniy muhojirlar ketayotgan avtobus to‘xtatib qolindi. Bu haqda viloyat migratsiya xizmati ma'lumot tarqatdi.
Yo‘lovchi avtobusi Qozon-Orenburg-Oqbuloq yo‘nalishida, Qozog‘iston chegarasiga yaqin hududda to‘xtatib qolindi.
Tekshiruv chog‘ida barcha yo‘lovchilar Rossiya hududiga noqonuniy kirgani aniqlandi.