16:15 / 09.05.2015
3083

Si Tszinpin: Moskva va Pekin milliy manfaatlarni qo‘llab-quvvatlash bobida kelishuvga erishdi

XXR raisi Si Tszinpin Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya bugun o‘tkazilgan paradda tinchlik o‘rnatish yo‘lida qat'iy harakat qilishini namoyish etganligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda RT portali ma'lumot bermoqda.
Si Tszinpin kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan uchrashuvning samarador bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan. Jumladan, uning so‘zlariga qaraganda, o‘zaro suhbat chog‘ida ular milliy manfaatlarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash borasida kelishuvga erishgan.

Top