09:48 / 09.05.2015
1883

Toshkentda O‘zbekistonning urush yillaridagi hayotida bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Toshkentning Bonum Factum galereyasida Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan “Bahor ko‘chasida” nomli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmadan O‘zbekiston xalqining urush yillaridagi hayoti aks etgan arxiv materiallari, fotosuratlar va gazeta qirqimlari o‘rin olgan.
“Bahor ko‘chasida – Toshkent markazidagi ko‘chaning eski nomidir. Urush yillarida u yerda karantin uyi joylashgan edi. Millatchilar tomonidan zabt etilgan hududlardan evakuatsiya qilingan bolalar shu uyga joylashtirilgan. So‘ng ular bolalar uylariga tarqatilgan, yoki o‘zbekistonliklar ularni farzand qilib olgan”, - deb ma'lumot berdi ko‘rgazma kuratori Shahnoza Karimboboyeva RIA Novosti agentligiga.
Ikkinchi Jahon urushida O‘zbekistondan 1.5 mln kishi ishtirok etgan, ularning 500 mingi janglarda halok bo‘lgan. Zabt etilgan hududlardan O‘zbekistonga 1 mln kishi, shu jumladan, 200 ming yetim bolalar ko‘chirilgan.

Top