19:25 / 09.05.2015
1712

Veratti: "Jamoaviy yutuqlarni shaxsiy sovrinlardan ustun qo‘yaman"

“PSJ” yarim himoyachisi Marko Veratti o‘zining “Oltin to‘p” unvonini olishdagi imkoni haqida fikrini ma'lum qildi.

“Rostini aytsam, men qachondir “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritaman deb o‘ylamayman. Mavsumda 60tadan gol kiritadigan Messi hamda Ronaldu kabi futbolchilarga bu sovrinni qo‘lga kiritish osonroq. Men maydonning boshqa chizig‘ida harakat qilaman hamda men uchun shaxsiy sovrinlardan ko‘ra jamoaviy yutuqlar qadrliroq. Bundan ham kuchliroq o‘yinchi bo‘lishimga ishonaman. Chindan ham “PSJ”ga o‘tganimdan buyon o‘yinchi sifatida kuchaydim”, – dedi Veratti. 

Top