14:02 / 10.05.2015
2601

BAA Yamandagi vaziyatni barqarorlashtirishda Eron ishtirok etmasligi kerakligini aytdi

Yamandagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish mumkin, ammo bunda Eron ishtirok etmasligi kerak. Bu haqda BAA tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash Sky News Arabia telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Xusiylar – Yamandagi siyosiy jarayonning bir qismidir, ammo ular qurol kuchiga suyanmasligi kerak. Vaziyatni barqarorlashtirish uchun Eronning aralashuvi shartmas”, - dedi u telekanal efirida.

Top