08:09 / 10.05.2015
1633

Londonda Kemeronning qayta saylanishiga qarshi namoyish faollari hibsga olindi

Londonda Buyuk Britaniya bosh vazirligiga Devid Kemeronning qayta saylanishiga qarshi uyushtirilgan norozilik namoyishlari chog‘ida 17 kishi hibsga olindi. Bu haqda Skotland-Yard matbuot xizmati ma'lum qildi.
Aytilishicha, ular turli huquqbuzarliklarda, jumladan, bezorilik va politsiya xodimlariga hujum qilishda ayblanmoqda.
Namoyishni tarqatish jarayonida to‘rt nafar zobit va bir nafar politsiyachi jarohat oldi. Namoyishchilar uy-uyiga tarqagani aytilmoqda.

Top