08:49 / 10.05.2015
2916

Turkiyaning sobiq prezidenti 97 yoshida vafot etdi

Turkiyaning sobiq prezidenti Kenan Evren 97 yoshida vafot etdi. Bu haqda Milliyet nashri xabar bermoqda.
Kenan Evren prezidentlik lavozimini 1982-1989 yillarda egallab turgan. 2014 yilda u 1980 yilgi davlat to‘ntarishidagi ishtiroki tufayli umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan edi. Ushbu to‘ntarish Turkiya tarixining eng qonli sahifalaridan biri hisoblanadi; to‘ntarish natijasida hokimiyatni egallagan kuchlar minglab odamlarni qiynoqqa solgan va qatl qilgan.

Top