10:45 / 11.05.2015
1856

Indoneziyaga 400 nafar musulmon qochqini yetib keldi

Indoneziya qirg‘oqlariga myanmalik va bangladeshlik 400 nafar musulmon qochqinlar kelib tushdi. Bu haqda Agence France-Presse agentligi xabar berdi.

Achex viloyati sohiliga yaqin hududda mahalliy aholi noma'lum kemani ko‘rgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar guruhi yetib kelgan va kemadagi qochqinlarga yordam ko‘rsatgan. Ular shifoxonalarga, davlat binolariga va mahalliy aholining uylariga joylashtirilgan. Ular oziq-ovqat, kiyim-kechak va dori-darmon bilan ta'minlanmoqda.

Top