14:05 / 11.05.2015
1725

Malayziya harbiy havo kuchlari Airbus A400M parvozlarini bekor qildi

Malayziya harbiy havo kuchlari Airbus A400M rusumidagi samolyotning Sevilyadagi halokatidan so‘ng bu kabi samolyotlar parvozini bekor qilgan. Bu haqda Bernama agentligi xabar bergan.

Malayziya qirollik harbiy havo kuchlari dastlabki Airbus A400M rusumidagi samolyotlarni mart oyida qabul qilib olgan edi.

Avvalroq Turkiya, Germaniya va Buyuk Britaniya harbiy havo kuchlari Airbus A400M parvozlarini bekor qilgan edi.

Ma'lumki, Airbus A400M harbiy transport samolyoti 9 mayda Sevilya aeroportidan bir kilometr uzoqlikka uchgandan so‘ng qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Samolyot uchuvchisi binoga urilib ketmasligi uchun favqulodda ravishda kartoshka maydoniga qo‘nishga qaror qilgandi.

 
 
Top