08:11 / 11.05.2015
1853

Nepaldagi zilzila qurbonlari soni 8 ming nafardan oshdi

Nepalda joriy yilning 25-26 aprel kunlarida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 8 ming nafardan oshdi. Bu haqda Inqirozga qarshi milliy markaz rahbariga asoslanib SNN xabar bergan.

Markaz ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda zilzila oqibatida 8019 kishining halok bo‘lgani tasdiqlangan. Shuningdek, 17866 kishi jarohatlangan va 366 kishi bedarak yo‘qolgan.

Top