10:38 / 11.05.2015
2394

Toshkentda dastlabki Reklama va dizayn maktabi ochilmoqda

11 may kuni O‘zbekistondagi ilk Reklama va dizayn maktabi ma'ruzalari uchun qabul boshlanadi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu maktabda asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlar olish va o‘z ishining ustalari bilan muloqot qilish mumkin bo‘ladi.

Ikki haftalik “Reklama” va “Dizayn” kurslari (1-12 iyun kunlari davomida) sakkiz ma'ruzadan iborat va har kuni bitta ma'ruza tinglovchilar e'tiboriga havola etiladi.

Ma'ruzalar media rejalashtirish, internet-marketing, kopirayting, SMM, integratsiyalashgan reklama kampaniyalarini o‘tkazish, firma uslubi va qadog‘i dizayni, tipografika va reklama dizayni asoslari, illyustratorda ishlash sirlari va boshqalarni qamrab oladi.

Ma'ruzachi sifatida kreativ va reklama agentliklari, shuningdek, Toshkentdagi dizayn-studiyalarning mutaxassislari va rahbarlari chiqish qiladi. Maktabga uning saytida yozilish mumkin (ma'ruzaga kirish – pullik).

Top