18:48 / 12.05.2015
2572

Google bosh direktori Tesla asoschisini daydiga o‘xshatdi

Google bosh direktori Larri Peyj PayPal to‘lov tizimi, Tesla Motors avtomobil brendi va SpaceX koinot dasturi asoschisi va hamta'sischisi Ilon Maskning ajabtovurligi haqida fikr bildirdi. Zamonamizning eng mashhur novatorlaridan biri haqidagi kitob muallifiga bergan sharhida Google bosh direktori o‘zining do‘sti Maskni daydi deb atadi, deb xabar bermoqda Business Insider nashri.    

Larri Peyj o‘zining sharhini “Ilon Mask: Tesla, SpaceX va fantastik kelajakni izlash” kitobi muallifi Eshli Vensga berdi. Google bosh direktori o‘z do‘stining xatti-harakatlarini ajabtovur deb hisoblamoqda. Peyj hozircha Maskka uyining kalitlarini bermagani, biroq bunday imkoniyat borligini aytib hazillashmoqda.

Ilon Maskning davlati 13 mlrd dollar atrofida baholanmoqda, uning Los-Andjyelesda 17 mln dollarlik uyi bor. Biroq Mask Kremniy vodiysida hech qanday ko‘chmas mulkka ega emas. Shuning uchun milliarder Palo Altoga ish bilan borganda Peydjning 6 ta yotoqxonasidan birida tunashga ijozat so‘raydi.

Ma'lumot uchun, Ilon Mask Kanada va AQSh fuqaroligiga ega tadbirkor, ixtirochi va sarmoyador hisoblanadi. U SpaceX va PayPal kompaniyalari asoschisi, Tesla Motors kompaniyasining bosh dizayneri, bosh direktori va direktorlar kengashi rahbari hisoblanadi.       

Top