11:34 / 12.05.2015
2039

Tashqi ishlar vazirligi: Saudiya Arabistoni qirolining Obama bilan uchrashuvga bormasligi munosabatlarning yomonlashuvini anglatmaydi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saudning AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashuvga bormasligi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashganligini anglatmaydi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bayonot berdi.

Vashingtonda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi kengashining AQSh rahbari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tadbir doirasida qirol AQSh prezidenti bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazishi kerak edi. Ammo kecha qirolning uchrashuvga bora olmasligi ma'lum bo‘ldi. Uning o‘rniga uchrashuvda boshqa mas'ul shaxslar ishtirok etadi. Jumladan, forumga valiahd shahzodaning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Top