09:39 / 12.05.2015
1670

Jarroh-robotlar hozircha kiberxavflardan himoyalanmagani aytilmoqda

Vashington universiteti olimlari teleboshqariluvchi (masofadan turib boshqariluvchi) jarrohlik robotlariga masofadan turib kirish mumkinligini namoyish qilish maqsadida ularga kiberhujum uyushtirishdi. Bu robotlarning xavfsizlik tizimidagi zaif joylarni aniqlashga yordam berdi. Olimlar buning uchun bir nechta texnik usullardan, jumladan robotni keraksiz ma'lumotlar bilan yuklab, uning tizimini barqarorsizlashtirgan DoS-hujumdan foydalanishdi.

Kompyuter mutaxassislari operator tomonidan robotga yuborilayotgan buyruqlarni o‘zgartirib, uning ishini izdan chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi. 

“Biz real dunyoda robotlarning operatori, mijoz yoki boshqa bir shaxs uchrashi mumkin bo‘lgan biz aniqlagan xavf-xatarlarga barqaror bo‘lgan teleboshqariluvchi robotlarning yangi avlodini yaratmoqchimiz”, deb aytmoqda tadqiqotchilar. 

Prognozlarga ko‘ra, jarrohlik robotlari bozori yaqin 6 yil ichida 20 mlrd dollarga baholanmoqda. Bu qurilmalarning keyingi avlodi jarrohlik bilan davolashning sifatini oshirishi kutilmoqda.

Vashingtonlik tadqiqotchilarning tadqiqoti jarroh-robotlardan yurak klapanlarini davolash yoki o‘smalarni olib tashlashda klinik foydalanish masalalarini nazarda tutadi.

AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni nazorat qilish ma'muriyati tomonidan ruxsat berilgan ushbu robotlar himoyalangan aloqa kanalidan foydalanadi, biroq bunday kanal hamma yerda ham mavjud emas.

Tabiiy ofat paytida tarmoqqa shikast yetishi mumkin. Bunday vaziyatda, ehtimol, bortida routeri bo‘lgan dronni uchirib, robotga signal berishga to‘g‘ri keladi. 

“Biz telerobotlarning keyingi avlodi paydo bo‘lguncha qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ishlab chiqib, sinovdan o‘tkazib bo‘lishimiz zarur”, deb aytishmoqda tadqiqotchilar.

Top