10:07 / 13.05.2015
2339

AQShda Amtrack kompaniyasining poyezdi falokatga uchrashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

AQShda Amtrack kompaniyasining Vashingtondan Nyu-Yorkka ketayotgan poyezdi falokatga uchrashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Philly.com portali.

Bu haqda Filadelfiya shahri meri ma'lum qildi. Poyezd aynan shu shahar yaqinida falokatga uchragan.

Guvohlarning aytishicha, poyezdning 8 tadan 10 tagacha vagonlari temiryo‘l izidan chiqib ketgan. Ba'zi yo‘lovchilar vagonlar ichidan qolib ketishgan. Qutqaruvchilar ularni chiqarib olishga harakat qilmoqdalar.

Rasmiy shaxslar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, poyezdda 240 ga yaqin yo‘lovchi va poyezd brigadasi a'zolari bo‘lgan.

Avvalroq poyezd falokatga uchrashi oqibatida kamida 50 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Top