09:06 / 13.05.2015
3504

Buyuk Britaniya 2060 yilda Yevropa Ittifoqida aholisi eng ko‘p bo‘lgan mamlakatga aylanadi

Yevrokomissiya 2060 yilga kelib Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida aholi sonining ko‘pligi bo‘yicha yetakchi bo‘lishi taxmin qilinayotgan hisobotni chop etdi, deb xabar bermoqda Le Figaro nashri.

Yevrokomissiya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 45 yildan keyin Buyuk Britaniya aholisi 80,1 mln kishiga yetadi. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 64,1 mln kishini tashkil qilgan edi.

Germaniyada 2060 yilga kelib aholi soni 70,8 milliongacha qisqarishi, Fransiyada esa 10 millionga ko‘payishi (hozirgi 65,7 mln kishidan 75,7 mln kishigacha), Yevropa Ittifoqida yashovchi jami aholi soni esa 523 mln kishiga (hozirda bu ko‘rsatkich 507 mln kishini tashkil qilmoqda) yetishi taxmin qilinmoqda.

Top