09:27 / 13.05.2015
13013

KXDR mudofaa vaziri majlis vaqtida uxlab qolgani uchun otib tashlangani ma'lum bo‘ldi

KXDR mudofaa vaziri Xyon Yon Chxol davlatga xiyonat qilishda ayblanib, qatl etilgan. Bu haqda Reyter xabar berdi.

Janubiy Koreya razvedkasi ma'lumotida aytilishicha, mudofaa vaziri harbiy majlis chog‘ida Kim Chen In qarshisida mudrab qolgani ayblovga asos bo‘lib xizmat qilgan. Natijada vazir zenit to‘pi bilan otib o‘ldirilgan.

Qatl 30 aprel kuni Pxenyandagi harbiy bilim yurti hududida amalga oshirilgani aytilgan.

Top