02:11 / 13.05.2015
2132

Neymar chorak hamda yarim finalning barcha uchrashuvlarida gol urib, Morentes rekordini takrorladi

"Bavariya" hamda "Barselona" o‘rtasida kechgan javob uchrashuvida "kataloniyaliklar" hujumchisi Neymar dubl qayd etdi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi bir mavsumda chorak hamda yarim final uchrashuvlarining barchasida gol urdi. 

Bu 23 yoshli hujumchi uchun Morentesning rekordini takrorlash imkonini berdi. 

Ma'lumot uchun, Neymar "Barselona"ning oxirgi 10ta uchrashuvida 10ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 

Top