13 may kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Jorj Edgar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikga oid dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashishdi. Tomonlar savdo va sanoat masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kengashining London shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishiga birgalikda faol tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishishgan.