10:44 / 13.05.2015
1861

Pike YeChL finalida "Real"ga qarshi o‘ynashni istamoqda

"Barselona" himoyachisi Xerard Pike YeChL yarimfinalida "Bavariya" to‘sig‘idan o‘tilgach, (3:0,2:3) musobaqaning keyingi jarayoni haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

U finalda "Real" bilan o‘ynamoqchi ekanligini yashirib o‘tirmadi.

"Agar finalda "Real" bilan uchrashsak, qiziqarli bo‘ladi. Bu kurash futbol tarixga kirardi. Biz jamoamizning o‘z asrini yaratdik va men uning bir bo‘lagi ekanligimdan faxrlanaman. So‘nggi 10 yil ichida to‘rtinchi marta finalga chiqdik", - deydi Pike.


Top