12:49 / 13.05.2015
2475

Pokistonda avtobus o‘qqa tutilishi oqibatida 40dan ziyod odam halok bo‘ldi

Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida avtobus o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 41 kishi halok bo‘ldi va yana 20 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda DAWN nashri xabar berdi.

“Kamida 6 nafar qurollangan shaxs Karachining Safur Gotx tumanida avtobusga hujum uyushtirdi”, deb ma'lum qilmoqda politsiya vakili.

Qayd etilishicha, hujum paytida avtobusda 50 nafardan 60 nafargacha yo‘lovchi bo‘lgan.

Avtobusga hujum uyushtirgan jinoyatchilar berkinishgan.

Top