16:42 / 13.05.2015
4874

Joriy hafta so‘ngida O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

16-17 may kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda Uzgidromet xabar qilgan.
Shuningdek, bu kunlar davomida shamol tezligi sekundiga 7-12 metrni tashkil qilishi va 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida ham, 8-9 may kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘gan va havo harorati pasayib ketgandi.

Top