14:33 / 13.05.2015
1867

Joriy yilning ilk choragi bo‘yicha Beeline'ning O‘zbekistondagi tushumi 167 mln dollarni tashkil qildi

2015 yilning ilk choragi bo‘yicha Beeline aloqa operatorining O‘zbekistondagi tushumi 167 mln dollarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,45 foiz ko‘proqni tashkil qildi. Bu haqda Vimpelcom Ltd kompaniyasi xabar berdi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, operatorning 2015 yilning yanvar-mart oyidagi mobil xizmatlar segmentidagi tushumi 3,1 foizga oshib, 166 mln dollarni, fiksirlangan xizmatlar segmentidagi tushumi esa 1 mln dollardan ko‘proqni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davrida 2 mln dollarni tashkil qilgan edi.

2015 yilning birinchi choragida kompaniyaning ma'lumotlar uzatish xizmatidan olgan tushumi 34,3 mln dollarni tashkil qilgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,83 foizga oshgan.

Shu davr mobaynida kompaniyaning EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning eskirishi, nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq ziyonlarni hisobdan chiqarishgacha bo‘lgan operatsion daromad) 105 mln dollarni tashkil qilgan. Operatsiyalarning marjinalligi 1,7 foizga kamayib, 62,7 foizni tashkil qilgan.

2015 yilning birinchi choragiga ko‘ra, Beeline ning mijozlari soni 2014 yildagi kabi 10,4 mln kishini tashkil qilgan. Shu bilan birga mijozlar soni yil boshiga nisbatan 1,98 foizga kamaygan. Yil boshida bu ko‘rsatkich 10,6 mln ni tashkil qilgan edi.

Mobil aloqaning bir mijoziga bir oyda to‘g‘ri keladigan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) 2014 yilning 1-choragidagi 5,1 foizdan 2015 yilning 1-choragidagi 5,2 foizga oshgan. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bir mijozga to‘g‘ri keladigan foydalanilgan daqiqalar o‘rtacha miqdori) shu davrda 491 daqiqani tashkil qilgan, 2014 yilning 1-choragida bu ko‘rsatkich 465 daqiqani tashkil qilgan edi.

Top