16:39 / 14.05.2015
3126

Bekobodda temir yo‘l ehtiyot qismlarini sotib yuborgan rahbar lavozimidan chetlashtirildi

Bekobodda Rebort-Abal xususiy korxonasi rahbari A. Berdiboyev hamda temir yo‘l sexi boshlig‘i S. Rahmonberdiyevlar lavozimini suiiste'mol qilgani uchun jazoga tortildi. Bu haqda “Huquq” gazetasida xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, u “Bekobodyo‘lsanoat” ishlab chiqarish korxonasining temir yo‘l sexi boshlig‘i S. Rahmonberdiyev bu yerdagi ehtiyot qismlarni naqd pulga sotib yuborgan. Biroq temir yo‘l vagonlariga tegishli ehtiyot qismlari qayerdan olingani haqidagi hujjat mavjud bo‘lmasa, uni olib ketishning iloji yo‘q edi. Shunda u A. Berdiboyevdan noqonuniy sotib yuborilgan ehtiyot qismlariga korxonasi nomidan soxta hujjatlar qilib berishni so‘ragan. Buning natijasida 13 420 000 so‘mlik ehtiyot qismlar talon-toroj qilingan.

Sud ikki rahbarni ham bir yarim yil muddatga shartli jazoga hukm qilib, mansabdorlik lavozimida ishlash huquqidan mahrum qildi.

Top