17:36 / 14.05.2015
2764

Ispaniya chempionati to‘xtatib qo‘yilmaydigan bo‘ldi

Ispaniya chempionatining hal qiluvchi ikkita turi va Ispaniya kubogi vaqti o‘zgartirilmaydigan yoki bekor qilinmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar tarqatdi.

Manbaning qayd etishicha, sud Ispaniya futbol federatsiyasi va futbolchilar Kasaba uyushmasining mamlakatdagi barcha ichki turnirlarni to‘xtatib qo‘yilishini so‘rab qilgan murojaatlariga rad javobini bergan.

Ispaniya chempionatining 37-turi 17 may kuni barcha uchrashuvlar bir vaqtda Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya futbol federatsiyasi va futbolchilar Kasaba uyushmasi mamlakat hukumati bilan TV translyatsiyalar borasida yuzaga kelgan ixtiloflar natijasida barcha ichki musobaqalarni to‘xtatib qo‘yish bo‘yicha sudga murojaat qilgandi.

Top