08:57 / 14.05.2015
2838

Meksika narkomafiyasi samolyotni urib tushirdi

Narkomafiya Meksikaning shimolidagi Chiuaua shtatida yengil motorli samolyotni urib tushirishi natijasida 6 kishi halok bo‘ldi.
EFE portalining ma'lum qilishicha, Cessna samolyoti Sinaloa shtatidan aerotaksi sifatida uchib kelayotgan edi. Uning urib tushirilishiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmagan.
Ta'kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgan hududda Xuaresa va Sinaloa kartellari o‘rtasida AQShga giyohvand moddalar yetkazish yo‘nalishlari uchun to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Top