17:22 / 14.05.2015
3234

Mijg‘ovliklar bo‘yicha reytingda siyosatchilarning chiqishlari birinchi o‘rinni egalladi

Britaniyaning Interparcel kompaniyasi ekspertlari o‘tkazgan tadqiqot yakunlariga ko‘ra britaniyalik eng zerikarli deb hisoblaydigan narsalar aniqlandi. Tadqiqot natijalari The Daily Mirror nashrida e'lon qilindi.

So‘rovnomada 2 ming britaniyalik ishtirok etdi. Ularga eng zerikarli mashg‘ulotlarni, eng mijg‘ov yulduzlarni aniqlash taklif qilindi.
Natijada quyidagicha “kuchli” o‘nlik shakllandi:
1. Siyosatchilarning chiqishlari
2. Biror narsani kutish
3. Pochtada navbat kutib turish
4. Yo‘ldagi tirbandlik
5. Teledo‘konlar
6. Qabulxonada o‘tirish
7. Sekin Wi-Fi
8. Biror nimaning yetkazib berilishini kutish
9. Poyezdning kechikishi
10. Reklama

Eng mijg‘ov siyosatchilar sifatida Leyboristlar partiyasi yetakchisi Edvard Milibend va bosh vazir Devid Kemeron tan olindi. Eng zerikarli va yoqimsiz yulduzlar sifatida Bono, Kane Uest va Gvinet Peltroular so‘zsiz e'tirof etilishdi. Shuningdek, respondentlarning aksariyat qismi “Kulrangning 50 jilosi” filmini ko‘rish jarayonida uxlab qolishini tan oldi.
Bundan tashqari, so‘rovnomada ishtirok etganlar televizor orqali “Formula-1” va ot poygasini, ishchi yig‘ilishlarda esa PowerPoint taqdimotlarini ko‘rishdan charchaganliklarini e'tirof etdilar.
Respondentlarning 70 foizlari o‘z hayotlarining ham nihoyatda zerikarli ekanligini tan oldilar.

Top