17:57 / 14.05.2015
4612

Namanganda davlat mulkini o‘zlashtirgan mansabdor qamoqqa olindi

Namanganning Minbuloq tumanida “Madadkor avtoservis” MMTP raisi Abdurahim Qo‘qonov davlat mulkini o‘zlashtirgani uchun javobgarlikka tortildi.
“Huquq” gazetasida yozilishicha, Qo‘qonov 2007 yilda korxona raisligiga tayinlangan. Shundan buyon u 9 mln so‘mlik ehtiyot qismlarni turli yo‘llar bilan pullagan va o‘zlashtirgan.
Bundan tashqari, ishchi va xodimlarning deyarli 10 mln so‘mlik ish haqlarini to‘lamagan. 35 mln so‘mlik kreditorlik qarzlarining to‘lov muddatlari o‘tkazib yuborilgan.
Mana shunday huquqbuzarliklar tufayli u lavozimidan ozod qilinib, javobgarlikka tortildi.

Top