16:55 / 15.05.2015
2620

Anchelotti bir oy oldin «Manchester Siti» bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqaldi

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘ziga yangi jamoa topishga ulgurgan. Bu haqda Sport Mediaset nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, italiyalik murabbiy "Real"dan iste'foga chiqarilishini kutib o‘tirmasdan, o‘zi birinchi ish boshlagan va "Manchester Siti" bilan oldindan kelishuvni imzolab qo‘ygan. Kelishuvga ko‘ra murabbiy yangi mavsumda "shaharliklar" tarkibida ish boshlashi mumkin.

Ma'lumot uchun, Anchelottining "Real" bilan shartnomasi 2016 yilning yozida yakuniga yetadi. Murabbiy joriy mavsum birorta ham sovrin yuta olmaslikka juda yaqin turibdi.

Biroz oldinroq, Anchelottining o‘rniga Zayniddin Zidan yoki Yurgen Klopp taklif etilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Top