06:40 / 16.05.2015
2209

Balotelli tezlikni 175 km/soatga yetkazgani uchun jarima to‘laydi

“Liverpul” hujumchisi Mario Balotelli tezlikni oshirgani uchun vaqtincha haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi. Mario o‘zining Ferrari M62 avtomobilida tezlikni soatiga 109 mil (175 km/soat)ga yetkazgan.
Italiyalik 24 yoshli futbolchi spidometri kilometrni to‘g‘ri ko‘rsatmaganini aytib, aybni o‘zidan soqit qilishga uringan. Lekin sud hukmi bilan Balotelli 800 funt sterling jarimaga tortilib, 28 kunga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi.

Manba: olamsport.com

Top