15 may kuni Eron chempionatining 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi va mavsum o‘z nihoyasiga yetdi. Fozil Musayev sharafini himoya qilgan "Sepoxon" mamlakat chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
So‘nggi tur oldidan isfahonliklar 56 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turishgandi. "Traktorsoziy" va "Naft" jamoalari hisobida 57 ochko bor edi. So‘nggi turda ikki peshqadam o‘zaro to‘qnash kelishdi. Uchrashuvda jangovar 3:3 hisobidagi durang qayd etildi.
O‘z maydonida "Saypa"ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan "Sepaxon" esa Eron chempioniga aylandi.
O‘zbekistonlik yarimhimoyachi Fozil Musayev yanvar oyida "Sepohon" tarkibiga qo‘shilgandi. U shundan boshlab jamoasining deyarli barcha o‘yinlarida ishtirok etdi.
Bahodir Nasimov va "Padideh" jadvalda 10-o‘rinni egallagan, yana ikki o‘zbekistonlik legioner Oybek Qilichev ("Paykon") va va Ruslan Melziddinov ("Naft Masjid") yuqori divizionni tark etishdi.