06:41 / 16.05.2015
4404

IShID jangarilari Palmira yaqinida 45 kishini qatl etdi

IShID jangarilari Suriyaning Palmira shahridan3 kilometruzoqlikda joylashgan Al-Amiriya qishlog‘ida 45 kishini qatl etdi, deb harbiy manbaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Al-Amiriya qishlog‘ida xunrezlik sodir bo‘ldi, harbiy shaharchaga ham hujumlar uyushtirildi, 45 nafar fuqaro o‘ldirildi”, deb aytmoqda manba.

Palmira shahriga ziyon yetmagan. Ayni paytda jangarilar voqea joyidan chekinayotgani qayd etilgan. Voqea joyiga jangarilarga qarshi turish uchun 500ga yaqin askar yetib kelgan.

Avvalroq IShID jangarilari Palmiraning 26 nafar tinch aholisini qatl etgani ma'lum qilingandi.

Top