05:49 / 16.05.2015
3296

Knauf O‘zbekistonda yangi 52 mln dollarlik investitsion loyihani amalga oshiradi

Germaniyaning Knauf kompaniyasi o‘zining Buxoro viloyatidagi ikkita zavodida 52,5 mln dollarlik yangi investitsion loyihani amalga oshirishni boshlamoqda.

Joriy yilda nemis kompaniyasi va “O‘zqurilishmateriallar” AK yangi kelishuv imzolaydi, bu kelishuvning amalga oshirilishi O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

“Tomonlar bilan Buxoro viloyatidagi Knauf zavodlarida quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqaruvchi yangi quvvatlar va gipsokarton listlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha liniyalarni qurishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolandi. Bu ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 120 ming tonna quruq qorishmalar va 8 mln kvadrat metr gipsokarton olishga imkon beradi”, deb aytmoqda “O‘zqurilishmateriallar” AKning iqtisodiy tahlil boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Turdiyev.

Knauf bundan avval O‘zbekistonga 51 mln dollar miqdorida investitsiya kiritgan edi. Hozirda Buxoro viloyatida ikkita zvod – quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqaruvchi “Buxorogips” qo‘shma korxonasi va gipsokarton listlari ishlab chiqaruvchi “KNAUF Gips Buxoro” xorijiy korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Birinchi korxona o‘z faoliyatini 2009 yilda boshlagan, uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 60 ming tonna mahsulotdan iborat. Ikkinchi zavod esa 2011 yildan o‘z faoliyatini boshlagan, uning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 mln kv metr gipsokartonni tashkil qiladi.

Top