22:23 / 16.05.2015
3673

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Putin ishtirok etgan xokkey o‘yinining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Tungi xokkey ligasining “MXL yulduzlari” va “MXL terma jamoasi” o‘rtasida o‘tgan gala-uchrashuvda “yulduzlar” jamoasi safida xokkeychilar sifatida muzga tushishdi.

Uchrashuv “Yulduzlar” foydasiga 18:6 hisobi bilan yakunlandi.
“Bu o‘yinda mag‘lub bo‘lganlar yo‘q. Hammaga rahmat, hammani g‘alaba bilan tabriklayman”, dedi Putin o‘yindan keyin.

Bu o‘yinda “MXL yulduzlari” o‘yinchilarining barchasi Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan 70 raqami ostida harakat qilishdi.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilib, mukofot sifatida Qrimga sayohat qilish uchun yo‘llanma bilan taqdirlandi.

Top