21:55 / 16.05.2015
2911

Turkiya Mudofaa vaziri Suriyaga tegishli vertolyot urib tushirilganini ma'lum qildi

Turkiya Mudofaa vaziri Ismet Yilmaz mamlakat Harbiy-havo kuchlari Turkiya hududini buzib kirgan Suriyaga tegishli vertolyotni urib tushirganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq Turkiya qiruvchi samolyoti Turkiyaning havo hududini buzgani uchun Suriya samolyotini urib tushirgani ma'lum qilingandi. Keyinroq Suriya OAVlari urib tushirilgan samolyot haqidagi axborotni inkor etib, uchuvchisiz parvoz qurilmasi urib tushirilgani haqida aniqlik kiritishgandi.

Top