08:41 / 16.05.2015
7164

Joxar Tsarnayev o‘lim jazosiga hukm qilindi

2013 yilda Boston marafonida sodir etilgan portlashlar bo‘yicha asosiy gumondor shaxs hisoblangan Joxar Tsarnayev o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Boston Globe nashri xabar bermoqda.

Bunday qarorni sudning barcha 12 nafar hukm chiqaruvchi a'zosi bir ovozdan qabul qildi. Hukm chiqaruvchilar hay'ati hukmni muhokama qilishni 14 may kunida boshlagan edi.

Tsarnayev ishi sudda ko‘rilishining ikkinchi bosqichi 21 aprelda boshlangan. Tsarnayev unga qo‘yilgan ayblovning 30 bandi bo‘yicha aybdor deb topilgan, ulardan 17tasida o‘lim jazosi berilishi nazar tutilgan. Ayblov tomoni aka-uka Tsarnayev til biriktirgan holda harakat qilgan, deb tan olinishini so‘ramoqda.

Avvalroq Joxar Tsarnayevning advokati hukm chiqaruvchilardan Tsarnayevning hayotini saqlab qolishlarini so‘ragan edi.

Top