17:34 / 17.05.2015
1967

Ar-Riyodda Yamandagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha anjuman boshlandi

17 mayda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Yamandagi mojaroni tartibga solish bo‘yicha anjuman o‘z ishini boshladi. Anjumanda Yaman siyosiy kuchlari va xalqaro tashkilotlarning 400 dan ortiq vakillari ishtirok etmoqda.

Avvalroq anjumanning o‘tkazilishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni tashabbus bildirgan edi. Anjumanning ochilishidan oldin anjuman tashkilotchilaridan biri Yosin Makaviy “bu suhbatlar anjumani emas, balki qarorlar qabul qilish anjumani” deb izoh berib o‘tdi. Anjumanning kun tartibiga Yamanda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash, qonuniylikning amal qilinishi hamda hokimiyatni Yaman prezidenti Abd Rabbo Mansur Xodiy boshchiligidagi uning qonuniy vakillariga qaytarish masalalari qo‘yilgan. “Ansor Alloh” shia harakati vakillari (xusiychilar) anjumanda ishtirok etmayaptilar. Shu bilan birga, anjumanda Yamanning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Saloh partiyasi – “Butunxalq kongressi” vakillari ishtirok etmoqda.

Top