16:22 / 17.05.2015
2659

TsSKA "Spartak"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Rossiya chempionati 28-turining markaziy uchrashuvida TsSKA safarda "Spartak" ustidan yirik 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. 

Gollarni Roman Yeremenko, Zoran Toshich hamda Axmed Musa kiritdi. Shuningdek, yana bir golni "Spartak" himoyachisi Serdar Taski tomonidan o‘z darvozasiga kiritdi. 

Rossiya. Premer-liga. 28-tur
"Spartak" (Moskva) — TsSKA (Moskva) — 0:4
Gollar: Taski, 11 (0:1 AG); Yeremenko, 22 (0:2); Toshich, 30 (0:3); Musa, 63 (0:4).
Ogohlantirishlar: Ebert, 21; Bryzgalov, 51 — Milanov, 90+1.

Shuningdek, bugun "Zenit" jamoasi ham safarda "UFA"ga qarshi maydonga tushadi. Musobaqada peshqadamlik qilayotgan "Zenit" bugungi uchrashuvda 1 ochko ishlab olsa ham, muddatdan oldin chempionlikni qo‘lga kiritadi. 

Top