13:18 / 17.05.2015
2564

Sarkozi Yevropa Ittifoqi davlatlarini shengen kelishuvini boshqatdan ko‘rib chiqishga chaqirdi

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Yevropa Ittifoqi davlatlariga noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun shengen kelishuvini boshqatdan tuzishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Le Figaro nashri.

“Muxojirlarni qabul qilish shartlarini o‘zgartirish zarur, so‘ngra umumiy shartlarni aniqlashtirib olish kerak. Bizga “Shengen-2” kelishuvi lozim”, deb aytdi Fransiyaning eng yirik muxolif partiyasi yetakchisi.

“Qanday qilib biz bugun mamlakatda oilaviy nafaqalarni to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ va hech qachon soliq to‘lamagan odamlar uchun tibbiy sug‘urtani to‘lash uchun 850 mln yevro bor deb ayta olamiz”, deb aytmoqda “Xalq harakati ittifoqi” partiyasi rahbari.

Sarkozining aytishicha, yagona Yevropa hududining amal qilish tamoyillarini “yuqorisidan tubigacha” ko‘rib chiqish zarur.

Sarkozi YeIda muxojirlarning singib ketishi mexanizmlari zamon talabiga to‘g‘ri kelmayotganini ta'kidlab o‘tdi.

“Men qayerdan ekanligimni, o‘zimning kelib chiqishimni yaxshi bilaman. Tsivilizatsiyalar qonlarning chatishib ketishi va ochiqlikdan emas, balki o‘zining qoni bilan cheklanishi oqibatida qulagan. Biroq bunday davom etishiga boshqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi – biz singdirib bo‘lmaydigan odamlarni qabul qilolmaymiz. Bu respublikamizning eng chuqur negizlariga borib taqaladigan juda katta muammodir”, deb aytdi Sarkozi hamda o‘zi ham vengriyalik yaxudiy muxojirlar avlodi ekanini eslatib o‘tdi.

Top